Yangiliklar
MILLAT TAQDIRI – GO‘ZAL XULQLI, ILMLI, TARBIYALI AVLOD QO‘LIDA
19-yanvar 2024-yil Umrimiz mazmuni, asosiy maqsadi va kelajagimiz bolalardir. Ularni asrab-avaylash, komil inson bo‘lib voyaga yetishida ishtirok etish, nafaqat ota-onalar, balki butun jamiyatning burchi hisoblanadi. Ayniqsa, shaxs shakllanishida boshlang‘ich ta’lim-tarbiyaning o‘rni beqiyos.
Navoiy shahridagi 16-maktabining 1-”G” sinfi o‘quvchilari ishtirokida “Millat taqdiri – go‘zal xulqli, ilmli, tarbiyali avlod qo‘lida” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda pedagoglar jamoasi, ota-onalar qatnashib, o‘quvchilar tomonidan ijro etilgan vatan, oila, ota-ona va ustozlarni madh etuvchi she’rlar, kuy-qo‘shiqlar namoyishini tomosha qilishdi.
Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati