Yangiliklar
TEATRGA BORISH AN’ANAGA AYLANMOQDA
18-yanvar 2024-yilDavlatimiz rahbari ishtirokida 2023-yil 22-dekabr kuni o‘tkazilgan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashi kengaytirilgan yig‘ilishida teatr san’atini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilib, korxona va muassasalarda oyning bir kuni “Teatr kuni” deb belgilanib, teatrlarga borish yo‘lga qo‘yilishi belgilangan edi.
Navbahor, Karmana tumanlari Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mas’ullari hamda ta’lim muassasalarining rahbarlari Navoiy viloyati qo‘g‘irchoq teatriga tashrif buyurishdi.
Bu yеrda ular “Toptalgan tuyg‘u” spektaklini tomosha qilishdi.
Jamiyatning asosiy bo‘g‘ini hisoblangan oilaning nechog‘li ulug‘ qadriyat ekanligi, uni ko‘z qorachig‘idek asrash, sadoqat va vafo tuyg‘ularini aks ettirgan sahna ko‘rinishi tomoshabinlar qalbidan joy oldi.
Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati.