Yangiliklar
SIFATLI TA’LIM – KELAJAK POYDEVORI
19-yanvar 2024-yilQiziltepa tuman ixtisoslashtirilgan maktabida tumandagi 42 ta umumta’lim maktablarining o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari va metod birlashma rahbarlari ishtirokida yangi baholash tizimi bo‘yicha “Sifatli ta’lim – kelajak poydevori” nomli o‘quv-amaliy seminari tashkil qilindi.
Unda Navoiy shahridagi Prezident maktabining matematika fani o‘qituvchisi Mike Mthuthuzeli Sobantu, ingliz tili fani o‘qituvchilari Melchor Bernardo va Naline Pillay, fizika fani o‘qituvchisi Bogdan Dumitru, kimyo fani o‘qituvchisi Vinandis Mudoga, biologiya fani o‘qituvchisi Mutya Mintealto ustozlar bilan hamkorlikda mahorat darslari tashkil etildi. Darslarda asosan o‘rganilgan nazariy bilimlarni amaliyot bilan bog‘lashga e’tibor qaratiladigan metodlar qo‘llanildi.
Ishtirokchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati.