Yangiliklar
MALAKA TOIFALARI BERISHNING YANGI TARTIBI QANDAY?
19-yanvar 2024-yilMaktabgacha va maktab ta'limi vazirligi, viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi tomonidan Pedagog kadrlarni attestatsiyadan o'tkazish to'g'risidagi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-dekabrdagi 692-sonli Qarori va uning mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan onlayn vebinar tashkil etildi.
Unda ta'lim muassasalarining direktor, o'quv ishlari bo'yicha direktor o'rinbosarlari hamda o'qituvchi va tarbiyachilar ishtirok etdi.
✅Vebinarda O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi Pedagog kadrlarga malaka toifalari berish va sertifikatlash bo'limi bosh mutaxassisi S.Hamrayev malaka toifalari berishning yangi tartibi haqida ma'lumot berdi.
Xususan,
❗️Pedagog kadrlarning joriy yilgi attestatsiyasi qay tartibda amalga oshiriladi?
❗️Attestatsiyadan o‘tish uchun qanday hujjatlar talab etiladi?
❗️Attestatsiya jarayoniga kimlar jalb etiladi?
❗️Kimlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri malaka toifasi beriladi?
❗️Kimlarning malaka toifasi bir pog‘ona oshiriladi? singari savollar o'z javobini topdi.
Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.