Yangiliklar
Ixtisoslashtirilgan maktabda darslar qanday o‘tilyapti?
20-yanvar 2024-yilTa’limga qaratilgan e’tibor kun kelib o‘z samarasini beradi. Shu bois mamlakatimizda ushbu sohani rivojlantirishga, o‘qituvchi va o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Iqtidorli yoshlarni o‘qitish va tarbiyalash, ta’lim jarayoniga malakali rahbar va pedagog kadrlarni jalb qilish maqsadida tashkil etilgan Konimex tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o‘z faoliyatini boshlaganiga joriy yilda 2 yil bo‘ladi.
Ayni vaqtda ta’lim maskanida 245 nafar o‘quvchi ta’lim-tarbiya olmoqda. Ularga 26 nafar pedagog saboq bermoqda. Kelajak avlod vakillariga matematika, fizika va ingliz tili chuqurlashtirilib o‘qitiladi.
Joriy o‘quv yilida ustozlarning 4 nafari xalqaro GMAT va 1 nafari GRE sertifikatlarini qo‘lga kiritdi. Bundan tashqari, fizika fani o‘qituvchisi Botirjon Xamidov va matematika fani o‘qituvchisi Qurbon Ismatovlar Navoiy davlat pedagogiga institutining tayanch doktorantura (PhD)siga o‘qishga qabul qilindi.
Maktabda har jihatdan raqobatbardosh, keng dunyoqarash va mustaqil fikrga ega yoshlarni tarbiyalash uchun o‘ziga xos muhit yaratilgan. Zamonaviy bino, o‘quv jihozlari, ko‘rgazmali vositalar, kutubxona, sport zal, fizika, kimyo fanlari uchun laboratoriyalar o‘quvchilarning sifatli ta’lim olishiga xizmat qilmoqda.
Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati.