Yangiliklar
MUHIM VAZIFALAR BELGILAB OLINDI
15-yanvar 2024-yilJoriy yilning 15-yanvar kuni viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi faollarda boshqarma boshlig‘i R. Hayitova boshchiligida navbatdagi appatar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Unda Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosarlari, sho‘ba va bo‘lim boshliqlari, hududiy bo‘limlari boshliqlari hamda mas'ullari ishtirok etdi.
Yig‘ilishda quyidagi masalalar muhokama qilindi:
✅Ijro intizomining bajarilishi va murojaatlar tahlili;
✅Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida kutubxonalarning faoliyati;
✅Umumta’lim maktablarida AKT qurilmalari va mavjud kompyuterlarning holati;
✅Uyda ta’lim oladigan o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar va dars mashg‘ulotlarining o‘tkazilishi;
✅Umumta’lim maktablarida ikkinchi xorijiy til va kasb-hunarga o‘rgatish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar;
✅Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etilganligi va ta’lim-tarbiya jarayonlari to‘g‘risida va kelgusidagi vazifalar muhokama etildi.
✅ Yig‘ilishda berilgan vazifalar ijrosi bo‘yicha aniq va muddatli topshiriqlar berildi.
Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati.