Yangiliklar
22 ta ta’lim muassasalarida rekonstruksiya va qurilish ishlari amalga oshiriladi
24-yanvar 2024-yilDavlatimiz rahbarining “2024-2026 yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida viloyatimizdagi ijtimoiy va boshqa soha ob’yektlarida qurilish va ta’mirlash ishlari olib boriladi.
Xususan, 22 ta ta’lim muassasalarida rekonstruksiya va qurilish ishlari amalga oshiriladi.
Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i R. Hayitova Navoiy shahridagi rekonstruksiya qilinishi rejalashtirilayotgan 2-,15-umumta’lim maktablarida bo‘lib, loyiha tashkilotchilari bilan uchrashdi. Ular bilan maktablarning yangi loyihalari bo‘yicha suhbatlashdi.
Jarayonda boshqarma boshlig‘i ta’lim dargohlarida o‘qituvchilar va o‘quvchilar uchun munosib shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha o‘zining ko‘rsatma va tavsiyalarini berdi.
Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati.