Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

TA'LIM-TARBIYAGA BIRDEK MAS'ULMIZ

3-fevral 2024-yil
image

 Navoiy shahridagi 16-AFCHO‘I maktabida ta’lim tizimida ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, diniy bag‘rikenglik hamda millatlararo totuvlikni mustahkamlash yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi.

  Unda Navoiy shahar va Karmana tumanidagi umumta’lim maktablarining direktor va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari qatnashdi.

    Yig‘ilishni Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i R.Hayitova ochib berdi. Tadbir davomida viloyat hokimi o‘rinbosari E.Mardonov, IIB TQX kiberxavfsizlik bo‘limi katta mutaxassisi B. Normurodov, JXX HPB xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektor M.Mirzayevalar tomonidan ta’lim tizimida hamkorlikda amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Xususan,

   Umumta’lim maktablarida ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, diniy bag‘rikenglik hamda millatlararo totuvlikni mustahkamlash;

    O‘quvchilarning darslarga qatnashish davomati;

     Pedagog-xodimlar va o‘quvchilarning belgilangan maktab formasida kelishlarini ta’minlash;

kiberjinoyatchilik, ya’ni axborotni egallash, uni o‘zgartirish, yo‘q qilish Kiberjinoyatchilik, ya’ni axborotni egallash, uni o‘zgartirish, yo‘q qilishni oldini olish;

   Xotin-qizlar o‘rtasida sodir etilgan jinoyatlar muhokama qilindi.

   Shuningdek, maktabdagi tarbiyaviy ishlarni kuchaytirishda pedagoglar, ta’lim sohasi mutasaddilari, ota-onalar, keng jamoatchilikni jalb qilish muhimligi aytildi.

Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati.

navoiy_mmtb@xtv.uz
@mmtb
@navoiy_viloyat_mmtb
/MMTB