Yangiliklar
NAVOIYDA XALQARO MENTAL ARIFMETIKA OLIMPIADASI BO‘LIB O‘TDI
3-fevral 2024-yil Navoiy shahridagi "Ma'naviyat va ma'rifat markazi"da xalqaro mental arifmetika olimpiadasi bo'lib o‘tdi.
Navoiy viloyati hokimligi, Yoshlar ishlari boshqarmasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi hamda Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi hamkorligida tashkil etilgan bellashuvda 6 ta mamlakat, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Turkiya, BAA hamda yurtimizdan jami 220 nafar ishtirokchi o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazdi.
Olimpiada g‘oliblarini taqdirlash marosimi 4-fevral kuni soat 11:00da ''Oqsaroy'' tantanalar saroyida o‘tkaziladi.
Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.