Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

O'ZBEKISTON - UMUMIY UYIMIZ

26-fevral 2024-yil
image

Tomdi tumanidagi 1-umumiy o‘rta ta’lim maktabida “O‘zbekiston – umumiy uyimiz” shiori ostida “Milliy urf-odatlar ” mavzusida viloyat seminari tashkil etildi.

     Tadbirda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari T.Komilov, tuman hokimi v.b O.Umarov, viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari J.Kalandarovlar ishtirok etdi.

   Shuningdek, seminarda viloyatdagi tuman, shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlari boshliqlari, ma’naviy-ma’rifiy soha bo‘yicha mas’ul xodimlari hamda “Barkamol avlod” bolalar maktablari direktorlari qatnashdi.

   Seminarda so‘z olganlar milliy urf-odatlarning yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati haqida fikr va mulohazalar bildirishdi.
    Tadbir davomida xalqmizning urf-odatlari, qadriyatlari namoyish etildi.

Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati.

navoiy_mmtb@xtv.uz
@mmtb
@navoiy_viloyat_mmtb
/MMTB