Yangiliklar
Munis onaxonlar va dilbar opa-singillar sohamizning barcha muhtarama ayollari, go‘zal qizlari!
8-mart 2024-yil Barchangizga bahor, muhabbat, nafosat va mehr ramzi bo‘lgan 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami muborak bo‘lsin!
Odatda ayolni bahorga, bahorni esa ayolga qiyoslashadi. Zotan o‘lkamiz uzra muattar sepini yoya boshlagan bahorning ilk kunlari aynan xotin-qizlar bayrami bilan boshlanishi ham ramziy ma’no kasb etadi.
Vatanimiz taraqqiyoti, turmush tarzimizning farovonligida, har bir soha kabi ta’lim tizimida ham olib borilayotgan yangilik va islohotlarda ayollarimizning aql-zakovati va o‘tkir zehni mujassam.
Darhaqiqat, davlatimiz rahbari ta’kidlaganlaridek, Vatanni sevish, unga sadoqat bilan xizmat qilish, el-yurt uchun munosib farzandlar tarbiyalash – bu dunyodagi eng ulug‘ va sharafli ishdir.
Aziz va muhtarama opa-singillar, lobar qizlar!
Sizlarni 8 - mart –Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan samimiy tabriklab, sizlarga sihat-salomatlik, oilalaringizga baxt-saodat, cheksiz quvonch, dasturxonlaringizga to‘kin-sochinlik, faoliyatlaringizga ulkan muvaffaqiyatlar tilayman.
Ayollik baxti, bekalik taxti, onalik martabasi sizlarni aslo tark etmasin!
BAYRAMINGIZ MUBORAK BO‘LSIN!
Ra’no Hayitova, Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i.