Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

"XORIJIY TILLARNI O‘QITISH BO‘YICHA ENG YAXSHI MAKTAB" TANLOVINING VILOYAT BOSQICHIGA START BERILDI

26-aprel 2024-yil
image

  Navoiy shahridagi 5-maktabda o'tkazilayotgan Prezident sovrini uchun "Xorijiy tillarni oʼqitish boʼyicha eng yaxshi maktab" tanlovining test jarayonlari boshlandi.

Har bir bo’lim bo’yicha topshiriqlar quyidagicha tasniflanadi:

O‘qish (reading) “A”, “B”, “C” qismlaridan iborat 12 ta topshiriqdan tashkil topgan bo‘lib, o‘quvchilardan matnlarni o‘qib tushunish va ular asosida tuzilgan savollarga to‘g‘ri javob topish;

 Tinglab tushunish (listening) “A”, “B”, “C” qismlaridan iborat 12 ta topshiriqdan tashkil topgan;

leksik-grammatik bilimlarni baholashga qaratilgan testlar “A”, ”B”, ”C” qisimlaridan iborat 12 ta testlardan tashkil topgan;

yozish (writing) ko’nikmasini boholash 1 ta topshiriqdan iborat 250 ta so’zdan iborat insho. 

Barcha ishtirokchilarga omad yor bo'lsin. 
Taqdirlash marosimida viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Ra’no Hayitova, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi mas'ul xodimi Guliston Jo‘rayeva ishtirok etdi.

Natijalar quyidagicha:

1-o‘rin - Zarafshon shahridagi 10-umumta'lim maktabi;
2-o‘rin - Uchquduq tumanidagi 20-umumta'lim maktabi;
3-o‘rin - Navbahor tumanidagi 1-umumta’lim maktabi o‘quvchilari egalladi. 

G‘olib va sovrindorlarga diplom hamda vaucherlar topshirildi.

 Jamoalar:

 1-o‘rin uchun – 250 million so‘m;
 2-o‘rin uchun – 200 million so‘m;
 3-o‘rin uchun – 150 million so‘m miqdorida pul mukofotini qo‘lga kiritishdi.
 


Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.
 

navoiy_mmtb@xtv.uz
@mmtb
@navoiy_viloyat_mmtb
/MMTB