Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

MAKTABGACHA TA’LIM TIZIMIDA VILOYAT SEMINARI BO‘LIB O‘TDI

27-aprel 2024-yil
image

  Gʻozg‘on shahridagi 1-son davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida "Yer sayyorasi - umumiy uyimiz" mavzusida viloyat seminari bo‘lib o‘tdi.

   Seminarda viloyat maktabgacha va maktab ta’lim boshqarmasi mas’ul xodimi N.Yaxshiyeva, shahar maktabgacha va maktab ta’lim bo‘lim boshlig‘i G.Raxmatova, tuman-shahar bo‘lim metodistlari, tarbiyachilar ishtirok etishdi.

  Ishtirokchilar sho‘balarga bo‘lingan holda mashg‘ulotlarda ishtirok etib, tajriba almashishdi.

   Seminar badiiy qismida iqtidorli, iste’dodli bolajonlarning chiqishlari, pedagoglar tomonidan tayyorlangan sahnaviy ko‘rinishlar, kuy-qo‘shiqlar barchaga birdek manzur keldi.

  Seminardan ko‘zlangan maqsad: Innovatsion g‘oyalar, yangi pedagogik texnologiyalar asosida bolalarni jismonan sog‘lom, ma’nan yetuk va barkamol qilib tarbiyalash.

Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

@mmtb
@navoiy_viloyat_mmtb
/MMTB