Yangiliklar
BOSH QOMUSIMIZ – TINCHLIGIMIZ VA FAROVON TURMUSHIMIZ ASOSI
29-mart 2023-yil Bugun Karmana tumanidagi 10-umumta'lim maktabida “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni loyihasi mazmun-mohiyatiga oid tadbir tashkil etildi. Targ‘ibot tadbirida Xalq deputatlari Navoiy viloyat kengashi deputati A.Jalilov, Xalq deputatlari Karmana tuman kengashi deputati G.Shermatova, mahalla mas'ullari, nuroniy otaxon va onaxonlar, faol yoshlar ishtirok etdi.
Shuningdek, deputatlar tomonidan “Yangi O‘zbekistonda yangilanayotgan Konstitutsiya” mavzusida taqdimot o‘tkazilib, konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgartirishlar, yangi moddalarning kiritilayotgani bu asosiy qonunimizning yanada mukammal va xalqchil qomusga aylanayotganini anglatishi ta’kidlandi.
Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta‘limi boshqarmasi