Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

TADBIRKORLAR BILAN UCHRASHUV

24-aprel 2024-yil
image

   Davlatimiz rahbari tomonidan joriy yilning 23-fevral kuni yoshlar bandligini ta’minlash chora-tadbirlari bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda yoshlar muammolarini hal qilish va salohiyatini yuzaga chiqarish, ularni talab yuqori bo‘lgan kasb-hunarga o‘qitish orqali bandligini ta’minlash bo‘yicha ko‘plab vazifalar belgilanib, maktablardagi bo‘sh sinf xonalari chet tili repetitorlari va o‘quv markazlari uchun bepul ijaraga berilishi ta’kidlangan edi.

   Bugun mazkur topshiriqlar ijrosini ta‘minlash maqsadida Navoiy shahridagi 8-maktabda tadbirkorlar bilan uchrashuv tashkil etildi. 

  Unda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining ishchi guruhi viloyatda nodavlat ta’lim yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari rahbarlari bilan muloqot qildi.

  Uchrashuv davomida respublikamizda tadbirkorlarga ta’lim sohasida yaratilayotgan imkoniyatlar va imtiyozlar haqida tushunchalar berildi.

   Shuningdek, tadbirkorlar bilan ta’lim muassalari o‘quvchilarini xorijiy tillar yo‘nalishi bo‘yicha tayyorlashda hamkorlik qilishga kelishib olindi.

  Muloqot davomida tadbirkorlar tomonidan bildirilgan fikr va mulohazalar inobatga olinib, ularga amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilab olindi.

 

Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

navoiy_mmtb@xtv.uz
@mmtb
@navoiy_viloyat_mmtb
/MMTB