Yangiliklar
YOSHLAR TARBIYASIGA BARCHA MAS'UL
20-aprel 2024-yilKarmana tumanidagi 11-umumta'lim maktabida ota-onalar ishtirokida yig‘ilish o'tkazildi.
Unda Karmana tumani hokimi Valijon Adizov, tegishli tashkilot rahbarlari hamda maktab mas'ullari ham ishtirok etishdi.
Yig‘ilishda tuman rahbari kelajak avlod bugungi kunda ta’lim-tarbiya olishlari uchun keng imkoniyat va sharoitlar yaratilganligiga alohida to‘xtalib, o‘quvchi yoshlarning odobi-axloqi borasida so‘z yuritdi.
Shuningdek, yoshlarni kitobxonlikka keng jalb etish, IT sohasiga qiziqtirish hamda o‘quvchilarni zamonaviy kasblarga tayyorlash bo‘yicha taklif va tavsiyalar berildi.
Tadbir davomida faol o‘quvchi yoshlarning ota-onalariga tashakkurnomalar topshirildi.
Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.