Yangiliklar
Aziz yurtdoshlar, muhtaram pedagoglar!
9-may 2024-yilSiz azizlarni 9-may - Xotira va qadrlash kuni bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman.
Vatan ozodligi yo‘lida mardonavor jang qilgan, og‘ir kunlarda ham yurt taraqqiyoti yo‘lida beminnat xizmat qilgan qahramonlar, xalqimiz asrlar davomida orzu qilgan erkinlik uchun o‘z jonini fido qilganlar xotirasi hamisha yodimizdadir.
Darhaqiqat, Xotira va qadrlash kunini munosib nishonlashdan ko‘zlagan bosh maqsad ham aslida Vatan himoyachilarini xotirlash, oramizdagi fidoyi insonlarning, tinchlikning qadriga yetish, tinch-osoyishta yashayotganimiz, turmush farovonligini ta’minlash uchun ter to‘kib, unumli mehnat qilayotganlarning qadriga yetishdan iborat.
Bukilmas iroda va jasorat namunasini amalda namoyon etib, o‘z hayotini aziz Vatanimizning rivojlanishi, bugungi tinch va osoyishta kunlar uchun jonini fido qilgan ajdodlarning muqaddas xotirasini yod etib, ezgu ishlarini davom ettirish, safimizda yurgan keksalarni e’zozlash – odamiylikning eng oliy mezoni va bizga tinchlik, omonlik kerak, deb yashaydigan bag‘rikeng va olijanob xalqimizga xos azaliy qadriyatdir.
9-mayni umumxalq bayrami sifatida nishonlab kelayotganimiz zamirida ham aynan ana shu ezgu maqsad yotibdi.
Siz, azizlarni bugungi ulug‘ ayyom bilan yana bir bor chin qalbimdan tabriklab, barchangizga sihat-salomatlik, baxt va omad, xonadonlaringizga fayzu baraka tilayman.
Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!
Ra’no HAYITOVA,
Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i.