Yangiliklar
ZARAFSHONLIK 29 NAFAR USTOZLAR VAZIR JAMG‘ARMASIDAN TO‘LANADIGAN USTAMAGA LOYIQ DEB TOPILDI
4-aprel 2023-yilDavlatimiz rahbarining tashabbuslari bilan maktab taʼlimi tizimida yuqori natijalarga erishayotgan o‘qituvchilarni rag‘batlantirish maqsadida yo‘lga qo‘yilgan yana bir xayrli tashabbus muvaffaqiyatli amalga oshdi. Aniqroq aytganda, yurtimizdagi 1697 nafar o‘qituvchi Vazir jamg‘armasidan to‘lanadigan ustama sohiblariga aylanishdi.
Quvonarlisi, ular orasida Zarafshon shahrining 29 nafar oʻqituvchilar ham Vazir jamgʻarmasidan toʻlanadigan ustamani qoʻlga kiritdi. Ular aprel oyidan dekabr oyiga qadar (9 oy) mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 5,5 baravari miqdorida (5 mln soʻm) har oylik ustama olishadi.
Ularning kelgusi faoliyatlarida yanada yuksak zafarlar tilab qolamiz!
Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta‘limi boshqarmasi