Yangiliklar
G'OLIBLAR TAQDIRLANDI
10-may 2024-yilNavoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasida matematika fanidan Navoiy viloyati boʻyicha fan olimpiyadasi gʻoliblarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.
Joriy yilning 13-aprel kuni Navoiy shahridagi 7-sonli umumta’lim maktabida matematika fanidan (ingliz tilida) boʻlib oʻtgan Toshkent shahridagi Adju universiteti fan olimpiadasida viloyatimizdagi maktablardan 260dan ortiq bitiruvchi ishtirok etib, bilimini sinovdan oʻtkazgan edi.
Yakuniy natijalarga ko'ra,
1-o'rinni
Navoiy shahar 4-maktab oʻquvchisi Aripov Temur;
2-o'rinni
Zarafshon shahar 1-XTCHO'IDM oʻquvchisi Sharipov Adxambek;
3-o'rinni
Zarafshon shahar 12-maktab oʻquvchisi Xoliqulov Davronbek egalladi.
Gʻoliblar Toshkent shahridagi Adju universitetida oʻqish kontrakt-shartnoma miqdorining 80 foizi hajmida chegirmaga ega boʻlishdi.
Bundan tashqari, ushbu olimpiadada ishtirok etib, yuqori ballni qo'lga kiritgan 201 nafar oʻquvchi oʻqish kontrakt-shartnoma miqdorining 50 foizi hajmida chegirmaga ega boʻlishdi.
Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.