Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

21-may – Kutubxonachilar kuni!

21-may 2024-yil
image

   Bugungi taraqqiyot davrida kutubxonalarning o‘rni, uning ahamiyati, kutubxonachilik sohasiga davlat boshqaruvi tomonidan katta e’tibor ko‘rsatilmoqda.

   O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-iyunda “O‘zbekiston Respublikasi aholisiga axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatishni yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi Qarori qabul qilindi.

     Aholiga axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatishni yanada takomillashtirish, axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatishni sifat jihatidan yanada rivojlantirish sohasidagi bir qator vazifalar:

-aholiga axborot-kutubxona xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha ijtimoiy kafolatlarni sifatli ta’minlash hamda zamonaviy talablarni hisobga olgan holda axborot-kutubxona muassasalarini rivojlantirish maqsadida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish;

-kutubxonalar faoliyatining samaradorligini va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish tezkorligini oshirish uchun elektron kitoblar tarqatishga ixtisoslashgan internet-resurslar bilan hamkorlikni kengaytirish nazarda tutilgan. 

  Shuningdek, qarorga muvofiq O‘zbekistonda 21-may – Kutubxonachilar kuni deb belgilanib, bunda ko‘p yillik halol mehnati va axborot-kutubxona sohasini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun davlat mukofotlari bilan taqdirlash va rag‘batlantirish ko‘zda tutilgan.

  Fursatdan foydalanib, 21-may – Kutubxonachilar kuni bilan soha egalarini kasb bayramlari bilan tabriklaymiz! Xalqimiz, farzandlarimiz ma’naviyati, bilimini, salohiyati oshishiga qo‘shayotgan hissalaringiz tahsinga loyiq. Sizlarga sihat-salomatlik, oilaviy xotirjamlik, ishlaringizga ulkan zafarlar tilaymiz!
 

Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi jamoasi.

navoiy_mmtb@xtv.uz
@mmtb
@navoiy_viloyat_mmtb
/MMTB