Yangiliklar
Bir maktabning ikki o‘quvchisi "STEM" fanlar olimpiadasining agentlik bosqichi g‘olibi bo‘ldi
21-may 2024-yilSTEM (matematika, fizika, kimyo, biologiya hamda informatika va axborot texnologiyalari) fanlaridan olimpiadaning respublika bosqichi natijalari e’lon qilindi.
Navbahor tumani ixtisoslashtirilgan maktabning ikki nafar o‘quvchisi fizika fanidan Sayfullayev Azizjon 1-o‘rin, Mirjalol Turopov 2-o‘rinni egallab, muddatidan oldin talabalik baxtiga muyassar bo‘ldi.
Ma’lumot uchun aytish joizki, ushbu natijalarda bilimli, talabchan uztozlarning o‘z o‘rni bor. “Xalq ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishoni sohibasi, oliy toifali fizika fani o‘qituvchisi Sohiba Navro‘zova va oliy toifali fizika fani o‘qituvchisi Gulnigor Sanaqulovalarning mehnati samarasidir.
Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.