Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

“So‘nggi qo‘ng‘iroq” o‘quvchilarimizni mustaqil hayotga kuzatmoqda

25-may 2024-yil
image

  Bugun respublikamizning barcha hududlaridagi maktablarlarda “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari bo‘lib o‘tdi. Joriy yilda Navoiy viloyatidagi mavjud maktablarni 11 ming 703 nafar o‘quvchi tamomlamoqda.

   Bitiruvchilarning 624 nafari oltin, 34 nafari kumush medalga da’vogarlik qilayotgan bo‘lsa, 730 nafari hali maktabni tugatmasdanoq muddatidan avval oliy ta’lim muassasasi talabasi bo‘lishdi. 2138 nafar o‘quvchi esa xalqaro va milliy sertifikatlarni qo‘lga kiritishgan. Shuningdek, 5 nafar o‘quvchi turli fan olimpiadasining Respublika bosqichida faxrli o‘rinlarni egallashgan. Bundan tashqari, xalqaro biologiya fani olimpiadasida Prezident maktabining 1 nafar o‘quvchisi saralash bosqichida g‘olib bo‘lib, Qozoqiston Respublikasida o‘tkaziladigan yakuniy bosqichga, Navoiy shahridagi 11-maktabning 1 nafar o‘quvchisi Saudiya Arabistonida bo‘ladigan xalqaro kimyo fani olimpiadasiga, Navoiy shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisi esa Misr davlatida bo‘ladigan xalqaro Informatika fani olimpiadaga yo‘llanma olishgan.
   Dastlab tadbirlarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mamlakatimiz maktablarini bitiruvchi o‘g‘il-qizlarimizga yo‘llagan bayram tabrigi o‘qib eshittirildi. Tabrikda ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan ishlar alohida e’tirof etilib, yoshlarimiz oliy ta’lim muasssasalarida o‘qib, bilim va tajriba to‘plashi uchun barcha imkoniyatlar yaratilganligi ta’kidlangan.

 – Bugun bizning maktabimizni 57 nafar o‘quvchi tamomlab, mustaqil hayotga qadam qo‘ymoqda, – deydi Navoiy shahridagi 13-umumta’lim maktabi direktori Ajargul Usmonova. – Joriy o‘quv yilida 4 nafar o‘quvchimiz muddatidan oldin oliygoh talabasi bo‘lishdi. Bir o‘quvchimiz oltin, 2 o‘quvchimiz kumush medalga da’vogarlik qilayotgan bo‘lsa, 4 ta o‘quvchimizda milliy sertifikat va 12 nafar o‘quvchimizda IELTS sertifikati mavjud.  

“So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlarida bitiruvchi yoshlar ustozlariga minnatdorlik bildirdi.

navoiy_mmtb@xtv.uz
@mmtb
@navoiy_viloyat_mmtb
/MMTB