Yangiliklar
Uzrli sabablarga koʻra malaka (test) sinovlarida ishtirok eta olmagan pedagoglar attestatsiyadan oʻtkazilmoqda
30-may 2024-yil Xabaringiz bor, joriy yilning 15-aprelidan 20-may kuniga qadar Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim muassasalari pedagog kadrlari attestatsiyadan oʻtkazildi.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-sonli qarori bilan tasdiqlangan nizomda pedagog kadrlar attestatsiyaning biror bosqichida uzrli sabablarga koʻra ishtirok eta olmagan boʻlsa, ularning attestatsiyasi boshqa muddatga koʻchirilishi belgilangan.
Shu munosabat bilan bugun attestatsiya sinovlariga ma'lum sabablarga ko'ra qatnasha olmagan pedagoglar uchun sinov jarayonlari bo'lib o'tmoqda.
Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.