Yangiliklar
BAYRAMGA MUNOSIB SOVG‘A
30-may 2024-yil1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Uchquduq tumani markazida davlat xususiy-sherikchilik asosida “Porloq yulduzchalar” maktabgacha ta’lim tashkiloti foydalanishga topshirildi.
180 o‘ringa mo‘ljallangan mazkur muassasada bugungi kunda 3 ta guruhda 90 nafar kichkintoy qabul qilingan bo‘lsa, yana 3 ta guruhga bolajonlarni qabul qilish ishlari davom ettirilmoqda.
“Uchquduq – Al qasr” MCHJ rahbari Nurali Safarov tomonidan asos solingan ushbu maktabgacha ta’lim muassasasida ta’lim rus tilida olib boriladi. Bundan tashqari, ingliz tili, raqs, mental arifmetika singari to‘garaklar faoliyati ham yo‘lga qo‘yilgan. Ayniqsa, muassasa tashqari hovlisida har bir guruh bolajonlari uchun o‘yin maydonchalarining tashkil etilgani bu yerda tarbiyalanayotgan bolajonlar ota-onalarini behad quvontirdi.
Ma’lumot uchun, tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi bilan hamkorlikda 10 nafar xotin-qizlar bilan to‘rt tomonlama shartnoma tuzilgan holda “Yosh bolalar uchun enaga tarbiyachi yordamchisi” yo‘nalishida kasbga o‘qitilib, ishga qabul qilindi. Bog‘cha faoliyatini boshlashi bilan 15 ta ish o‘rni yaratildi.
Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati.