Yangiliklar
Buxoro shahrida “Turon” maktab teatri tanlovining Respublika bosqichi bo’lib o’tmoqda
4-iyun 2024-yilTanlov jarayonlari avvalida jamoalar ketma-ketligi qur’a tashlash yo’li bilan aniqlandi.
Shundan so’ng, o’quvchilar “Mening maktabim” sharti asosida o’zlari tahsil olayotgan ta’lim muassasasini sahnada jonlantirib berishdi.
Kunning ikkinchi qismida esa “Madaniyat va san’at bilimdoni” savol-javob shartida ishtirokchilar o’z bilimlarini sinovdan o’tkazishadi.
Tanlovda el ardog’idagi aktyorlar hakamlar hay’ati tarkibida ishtirok etishmoqda.
Ta’kidlash joiz, bu yil ilk bor o‘tkazilayotgan “Turon” maktab teatr tanlovi Respublika bo‘ylab jami 101 384 nafar o‘quvchini qamrab oldi.
Tadbir barcha hududlarda 3 bosqichda, uchta shart asosida tashkil etildi.
Hududiy bosqichda eng yaxshi natija qayd etgan jami 14 ta jamoa ayni damda Respublika bosqichida kuch sinashishmoqda.
Ushbu bosqichda g‘olib bo‘lgan jamoalar xorijga ta’lim sayohati yo‘llanmasini qo‘lga kiritishadi.
G’oliblar ertaga 3-shart yakuniga ko’ra aniqlanadi.
Unda viloyatimiz nomidan Navoiy shahar 11-maktabning "Ibrat" jamoasi ishtirok etmoqda.
Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.