Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

"UMIDLI YOSHLAR MASKANI" BOLAJONLAR BILAN GAVJUM

6-iyun 2024-yil
image

 Nurota tumani davlat xususiy-sherikchilik asosida tashkil etilgan “Umidli yoshlar maskani” nodavlat  maktabgacha taʼlim tashkilotining qoʻshimcha binosi foydalanishga topshirildi. 

  “Mustaqillik” MFYda joylashgan ushbu maskanning ochilish marosimida tuman hokimi A.Fayziyev, mahalla nuroniylari va jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

  120 oʻrinli ushbu tashkilotda bolajonlarning sifatli taʼlim olishi, har tomonlama sogʻlom oʻsib-ulgʻayishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

  Tadbirkor A.Haydarov tomonidan 2019-yilda barpo etilgan loyiha qiymati 4,5 milliard soʻm mablag' evaziga tashkil etilgan boʻlib, 150 nafar kichkintoyni oʻz bagʻriga olgan edi. Bugungi kunda 2,6 millard soʻm mablag' hisobiga 120 oʻrinli qoʻshimcha bino qurilib, foydalanishga topshirildi.

   Mazkur muassasaning quvvati oshirilishi munosabati bilan 30 ta doimiy ish oʻrni yaratildi.

   Ma'lumot uchun, 2023-yil oxirida tumandagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari soni 92 ta boʻlgan boʻlsa, 2024-yil iyun oyida ushbu koʻrsatkich 102 tani tashkil qilmoqda. Shundan, 20 tasi davlat, 76 ta oilaviy hamda 6 ta davlat xususiy-sherikchilik asosidagi nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotidir.

 

Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

navoiy_mmtb@xtv.uz
@mmtb
@navoiy_viloyat_mmtb
/MMTB