Yangiliklar
O‘RGANISH YAKUNLARI TANQIDIY MUHOKAMA QILINDI
11-iyun 2024-yilXatirchi tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi faollar zalida viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Ra’no Hayitova rahbarligida boshqarmaning ishchi guruhi tomonidan hududdagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida o‘tkazilgan o‘rganish natijalari tahliliy va tanqidiy muhokama qilindi.
Unda boshqarma ishchi guruh a’zolari, hududiy bo‘limning mas’ullari hamda davlat MTTlarining direktorlari, metodistlari, hamshiralari va xo‘jalik mudirlari ishtirok etdi.
Yig‘ilishda davlat MTTlarining faoliyati, xususan, ta’lim-tarbiya jarayonlari, tarbiyalanuvchilarni sog‘lom ovqatlantirish, tarbiyalanuvchilarga yaratilgan shart-sharoitlar hamda hamshiralar faoliyati muhokama qilindi.
Ularni bartaraf etish, kelgusida takrorlamaslik va oldini olish yuzasidan zarur chora-tadbirlarni belgilash, ijrosini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.
Yig‘ilish yakunlari bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriq, tavsiyalar berilib, ijrosi doimiy nazorat va monitoring qilib borilishi belgilab olindi.
Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati.