Yangiliklar
MUHIM VAZIFALAR MUHOKAMA ETILMOQDA
10-iyun 2024-yilAyni vaqtda Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Ra’no Hayitova boshchiligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.
Unda boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari, shu’ba va bo‘lim boshliqlari, hududiy Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshliqlari hamda ta’lim muassasalari direktorlari ishtirok etmoqda.
Kun tartibidan quyidagi masalalar muhokamasi o‘rin olgan:
Ijro-intizomini holati (oldingi apparat yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosi, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini belgilangan muddatlarda o‘rganilishi, edo.gov.uz platformasidagi nazoratdagi hujjatlar ijrosi);
Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarga yaratilgan shart-sharoitlar, ularni sifatli ovqatlantirilishi bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni o‘rganish natijalari;
Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarning elektron davomati;
Joriy yil iyun oyida “Yoshlar oyligi”ni o‘tkazish, uning doirasida “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy va sport tadbirlari, yoshlar festivallari va forumlarini tashkil etish;
2023-2024 o‘quv yilida umumiy o‘rta ta’lim maktablarida bilimni baholashning yangi tartibi bo‘yicha o‘tkazilgan tajriba-sinov natijalari tahlili, umumiy o‘rta ta’lim maktablariga 2024-2025 o‘quv yilida 1-sinflar qabulini tashkil etish, bitiruvchilar bandligini ta’minlash, kutubxonalar fondini xatlovdan o‘tkazish kabi masalalar muhokama etiladi.
Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.