Yangiliklar
"RAHBAR VA BITIRUVCHILAR" UCHRASHUVI
14-iyun 2024-yilBugun viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi va Navoiy davlat pedagogika instituti hamkorligida “Rahbar va bitiruvchilar” uchrashuvi tashkil etildi.
Tadbirni NDPI rektori Bahodir Sobirov ochib, doimiy izlanishda bo‘lish, o‘z ustida muntazam ishlab borish muvaffaqiyat kaliti ekanini bildirdi.
Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi boshligʻi Ra’no Zokirova soʻzga chiqib, bugungi kunda pedagoglarga qoʻyilayotgan talablar, ularga berilayotgan imkoniyatlar toʻgʻrisida batafsil maʼlumot berdi. U o‘z nutqida bo‘lajak pedagoglarga katta ishonch bildirishini ta’kidladi.
Shundan so‘ng, bitiruvchilar o‘z takliflari, murojaat va mulohazalarini rahbarlarga bildirishdi. Jumladan, bitiruvchilarning portfoliosini tashki qilish, olis maktablarda oliy ta’lim muassasalarini targ‘ibot qilish kabi takliflarni ilgari surishdi.
Uchrashuvda fakultet dekanlari, tuman va shahar Maktabgacha va maktab ta’limi boʻlimlari boshliqlari ham soʻzga chiqib, oʻzaro fikr almashishdi.
Ochiq muloqot davomida murojaat qilgan 2 nafar bitiruvchi ishga qabul qilindi.
Ma’lumot o‘rnida: joriy o‘quv yilida mazkur ta’lim muassasasini 4 ming 297 nafar bitiruvchi, shundan 3 ming 53 nafari kunduzgi, 1 ming 197 nafari sirtqi hamda 47 nafari magistratura bosqichini tamomlamoqda.
Tadbir yakunida bir guruh pedagoglar taqdirlandi.
Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.