Yangiliklar
Joriy yilning 7-aprel kuni Nurota tumani, “Chuya” MFYda tuman aholisi uchun jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari ishtirokida navbatdagi ommaviy sayyor qabul o‘tkazildi.
7-aprel 2023-yilNavoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i vazifasini vaqtincha bajaruvchi U.Tillayev ishtirok etgan qabulda aholining maktabgacha va maktab ta'limi tizimiga oid taklif, savol, shikoyat va boshqa murojaatlari eshitildi.
Fuqarolar asosan o‘z mutaxassisligi bo‘yicha ishga joylashtirishda amaliy yordam so‘rab murojaat qilishdi. Shuningdek, farzandini davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga joylashtirish, umumta’lim maktablarining moddiy texnik bazasini yaxshilash bo‘yicha murojaatlar tinglandi. Masʼullarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berilib, ijrosi nazoratga olindi.
Sayyor qabuldan so‘ng, boshqarma boshlig‘i v.v.b U. Tillayev Nurota tumanidagi 4, 6, 10- sonli davlat MTTlari, 13, 45, 50-umumta’lim maktablari hamda Xatirchi tumanidagi 12, 15-sonli davlat MTTlari va 37, 58-umumta’lim maktablari ham o‘rganildi. Ta’lim sifatini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar, ta’lim muassasalarini obodonlashtirish yuzasidan masʼullarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.
Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati.