Yangiliklar
UCHRASHUV SAMIMIY O‘TDI
27-iyun 2024-yilBugun Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Ra’no Hayitova 27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan tuman shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlarida matbuot kotibi yuklatilgan mas’ul xodimlar bilan ochiq muloqot qildi.
Uchrashuv davomida ta’lim tizimidagi islohotlar, amalga oshirilayotgan ishlar shuningdek sohadagi muammo va kamchiklarni bartaraf etish yuzasidan suhbatlashildi.
Uchrashuv yakunida ta’lim tizimi faoliyatini keng yoritishda, targ‘ib qilishda faol ishtirok etayotgan bir guruh xodimlar taqdirlandi.
Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati.