Yangiliklar
CHET TILLARINI BILISH TARAQQIYOTNING MUHIM OMILI
20-aprel 2023-yilJoriy yilning 19-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenting sovrini uchun "Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab" tanlovining tuman (shahar) bosqichi o‘tkazildi.
Unda ishtirok etish uchun viloyatimiz bo‘yicha 193 ta maktablar Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligining axborot tizimidan ro‘yxatdan o'tdi.
Tanlovning birinchi (tuman) bosqichida maktab jamoalarining bilimlari A, B va C bo‘limlardan iborat bo‘lgan 3 ta yo‘nalishda: grammatika, o‘qib tushunish va lug‘at boyligi bo‘yicha sinovdan o‘tkazildi. Xorijiy tillarni bilish darajasini aniqlashga qaratilgan 30 ta test topshiriqlari umumta’lim maktablarining 7-9 sinf o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, xalqaro ta’lim standartlari asosida tayyorlangan.
Tanlov jarayonlarida ochiqlik va shaffoflikni ta'minlash maqsadida test jarayonlari ijtimoiy tarmoqlar orqali to'g'ridan-to'g'ri efirga uzatilib borildi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, 3-o‘rinni Navoiy shahar 8-umumta’lim maktabi, Zarafshon shahar 3-umumta’lim maktabi, G‘ozg‘on shahar 1-umumta’lim maktabi, Karmana tuman 5-DIUM, Konimex tuman 23-umumta’lim maktabi, Navbahor tuman 15-umumta’lim maktabi, Nurota tuman 7-umumta’lim maktabi, Xatirchi tuman 22-umumta’lim maktabi, Qiziltepa tuman 8-umumta’lim maktabi, Uchquduq tuman 18-umumta’lim maktabi, Tomdi tuman 15-umumta’lim maktabi o‘quvchilari qo‘lga kiritdi.
2-o‘rin Navoiy shahar 12-umumta’lim maktabi, Zarafshon shahar 10-umumta’lim maktabi, G‘ozg‘on shahar 2-umumta’lim maktabi, Karmana tuman 6-umumta’lim maktabi, Konimex tuman 16-umumta’lim maktabi, Navbahor tuman 1-umumta’lim maktabi, Nurota tuman 34-umumta’lim maktabi, Xatirchi tuman 69-umumta’lim maktabi, Qiziltepa tuman 27-umumta’lim maktabi, Uchquduq tuman 7-umumta’lim maktabi, Tomdi tuman 4-umumta’lim maktabi o‘quvchilariga nasib etdi.
Faxrli 1-o‘rinni Navoiy shahar 6-umumta’lim maktabi, Zarafshon shahar 12-umumta’lim maktabi, G‘ozg‘on shahar 3-umumta’lim maktabi, Karmana tuman 2-IATIDUM, Konimex tuman 2-umumta’lim maktabi, Navbahor tuman 8-umumta’lim maktabi, Nurota tuman 2-umumta’lim maktabi, Xatirchi tuman 20-IDUM, Qiziltepa tuman 4-IDUM, Uchquduq tuman 20-umumta’lim maktabi, Tomdi tuman 16-umumta’lim maktabi o‘quvchilari egallab, viloyat bosqichiga ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.
Bundan tashqari, 1-,2- va 3-o‘rinlarni egallagan maktablar sovrindor deb topilib, mos ravishda 100 million, 75 million va 50 million so‘m miqdorida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sovrini bilan mukofotlandi.
Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati.