Yangiliklar
HUDUDLARDAN XABARLAR
3-iyul 2024-yilYozgi sog‘lomlashtirish davri bolalar hayotida muhim ahamiyatga ega. Bu davr maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarni sog‘lomlashtirish va chiniqtirish ishlarini tashkil etish uchun eng qulay vaqtdir.
Tomdi tumanidagi 4-davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida "Yoz o‘tmoqda soz" mavzusida tuman seminari bo‘lib o‘tdi.
Yozgi sog‘lomlashtirish davrida chiniqtirish, sog‘lomlashtirish, ko‘ngilochar tadbirlar bolalarni jismoniy va aqliy rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Shuningdek, ertalabki badantarbiya, nafas mashqlari, havo vannalari, jismoniy mashqlar, quyosh va suv bilan chiniqtirish, harakatli o‘yinlar, sayr hamda sahnalashtirilgan ertaklar tarbiyalanuvchilarga a’lo kayfiyat bag‘ishlamoqda.
Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati.