Yangiliklar
SAYYOR UCHRASHUV
12-iyul 2024-yilNavoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i R.Hayitova Qiziltepa tumani “Mustaqillik” MFYda fuqarolarning murojaat va muammolarini o‘rganish maqsadida sayyor qabul o‘tkazdi.
Sayyor qabulida fuqarolar umumta’lim maktablarining moddiy texnik bazasini yaxshilash, o'z mutaxassisliklari bo'yicha ishga joylashtirish kabi masalalar yuzasidan amaliy yordam so‘rashdi.
Aholi tomonidan bildirilgan 7 ta murojaatning 2 tasi joyida ijobiy hal etilib, 5 nafar murojaatchiga huquqiy ma’lumot va tushunchalar berildi.
Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.