Yangiliklar
NAVOIY VILOYATI MAKTABGACHA VA MAKTAB TA'LIMI BOSHQARMASI BOSHLIG'I R.HAYITOVA BOSHCHILIGIDAGI HA'YAT YIG'ILISHI.
25-iyul 2024-yil#Jarayon
Bugun Navoiy shahridagi Ma’naviyat va ma’rifat markazida viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining 2-sonli hay’at yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining tegishli bo‘lim va sho‘ba mas’ullari hamda tuman va shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlari boshliqlari, viloyatdagi 367 ta umumta’lim maktablari direktorlari ishtirok etdi.
Yig‘ilish kun tartibidagi quyidagi masalalar tanqidiy va tahliliy muhokama etildi.
✅ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil
21-fevraldagi“Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili” davlat dasturi to‘g‘risidagi PF-37-sonli Farmoni ijrosi to‘g‘risida. (Axborot beruvchi R.Hayitova - boshqarma boshlig‘i.)
✅ Umumta’lim maktablarida 2023-2024-o‘quv yilining yakuni sarhisobi, ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar holati to‘g‘risida. (Hisobot beruvchilar: J.Kalandarov-Boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, hududiy bo‘lim boshliqlari.)
✅ 2024-yil aprel-may oylarida o‘tkazilgan o‘qituvchilar attestatsiyasi jarayonlarida Malaka (test) sinovlarida ishtirok etgan o‘qituvchilarning natijalari tahlili to‘g‘risida. (Hisobot beruvchilar: J.Kalandarov-Boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, hududiy bo‘lim boshliqlari.)
✅ Umumiy o‘rta ta’lim muassasasi direktorining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari va sinf rahbarlari faoliyati samaradorligini oshirish va ularning ish faoliyatini tizimli tashkil etish to‘g‘risida. (Hisobot beruvchilar: S.Uvaytov-Boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari, hududiy bo‘lim boshliqlari.)
Hay’at yig‘ilishi yakunida ko‘rilgan masalalar yuzasidan tegishli muhim qarorlar qabul qilindi hamda yangi o‘quv yilining istiqbol rejalari belgilab olindi.
Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati.