Yangiliklar
YO'LLARIMIZ XAVFSIZ VA RAVON BO'LSIN
27-aprel 2023-yilJoriy yilning 27-aprel kuni G‘ozg‘on shahridagi 1-davlat MTTda 2022-2026-yillar davomida respublika hududida amalga oshirilishi mo‘ljallangan “Xavfsiz va ravon yo‘1” umummilliy dasturi ijrosini ta’minlash maqsadida viloyat seminari tashkil etildi.
Joriy yilning 27-aprel kuni G‘ozg‘on shahridagi 1-davlat MTTda 2022-2026-yillar davomida respublika hududida amalga oshirilishi mo‘ljallangan “Xavfsiz va ravon yo‘1” umummilliy dasturi ijrosini ta’minlash maqsadida viloyat seminari tashkil etildi. Unda yo'l harakati qoidalarini o'rgatish maydonchalari bilan ta'minlangan tuman va shaharlardagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining mas’ul xodimlari qatnashib, tajriba almashishdi.
Dastlab tarbiyachi Davlatova Noila tomonidan tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilari bilan “Xavfsiz va ravon yo'l” mavzusida ochiq mashg‘ulot o‘tkazildi. Mashg‘ulot davomida yo‘l belgilari, piyodaning majburiyati kabi mavzular bo‘yicha bolajonlarga ma’lumot berildi. Shuningdek, yo‘l harakati qoidalariga amal qilmaslikning salbiy oqibatlari sahna ko‘rinishi orqali namoyish etildi
Shahar IIB JXX YHXB xodimi S. Qudratov “Yo‘l harakati qoidalarini o‘rgatish maydonchalaridan foydalanish usullari” mavzusi bo‘yicha mahorat darsi o‘tib berdi.
Seminar davomida mehmonlar guruh faoliyatlari bilan ham tanishishdi. “Yer sayyorasi–umumiy uyimiz”, “Tabiatni asraymiz” mavzularida o‘tilgan mashg‘ulotlar ishtirokchilarga katta taassurot qoldirdi.
Tadbir so‘nggida viloyat Maktabgacha va maktab ta‘limi boshqarmasining ta’lim sifatini ta’minlash va monitoring qilish sho‘ba metodisti D.Tilavova, shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘lim boshlig‘i G.Raxmatova va pedagoglar seminar yuzasidan o‘z fikr mulohazalarini bildirishdi.
Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati.