Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

RASMIY MUNOSABAT

2-may 2023-yil
image

✅Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi, joriy yilning 1-may kuni ayrim ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan “Ushbu holat Navoiydagi xususiy bog‘chalardan biridagi holat ekanligi aytilmoqda” sarlavhali videolavha yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi.

✅Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi, joriy yilning 1-may kuni ayrim ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan “Ushbu holat Navoiydagi xususiy bog‘chalardan biridagi holat ekanligi aytilmoqda” sarlavhali videolavha yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi.

❇️Mazkur holat viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan atroflicha o‘rganib chiqildi.

❇️Ma’lum bo‘lishicha, ushbu holat Navoiy shahridagi "Quyoshli bolalik" nodavlat (xususiy) MTTga tegishli bo‘lib, tarbiyalanuvchilarga nisbatan qilingan bunday qo‘pol hatti-harakatlar 2023-yilning 25-aprel kuni shu bog‘chaning tarbiyachisi (shaxsi ochiqlanmagan) tomonidan sodir etilgan va ushbu holat ma’lum bo‘lgan kuni ish beruvchining 25.04.2023 yildagi 05/25-ls-sonli buyrug‘iga ko‘ra mazkur xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi belgilangan tartibda bekor qilingan.

❇️Shuningdek, ushbu tarbiyachining videolavhadagi hatti-harakatlarini vakolati doirasida ko‘rib chiqishlik va qonuniy qaror qabul qilishlik uchun Navoiy shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tomonidan 2023-yil 1-maydagi 01-01/8-124-sonli va 01-01/8-125-sonli xatlar Navoiy shahar Ichki ishlar bo‘limiga va Navoiy shahar prokuraturasiga yuborildi.

❇️Viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi ta’lim tashkilotlarida sodir etilayotgan turli holatlarga befarq bo‘lmagan ota-onalar hamda jamoatchilik vakillariga o‘z minnatdorchiligini bildiradi va kelgusida ham doimiy hamkorlik ishlarini olib borishga tayyor.

Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati.

navoiy_mmtb@xtv.uz
@mmtb
@navoiy_viloyat_mmtb
/MMTB