Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH - HAR BIRIMIZNING BURCHIMIZDIR!

29-may 2025-yil
image

Insonning ichki madaniyati, halollik, o‘zganing haqidan hazar qilish korrupsiya va poraxo‘rlikka qarshi kurashda samarali vositalardan sanaladi. Bunday fazilatlar insonda mavjud bo‘lmasa, tushuntirish, qaytarish, jazoning muqarrarligi prinsiplari qo‘llanadi.

Bugun Navoiy shahridagi 16-AFCHO‘I da viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan viloyat prokuraturasi hamda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi hamkorligida ta’lim muassasalari xodimlari bilan "Korrupsiya taraqqiyot kushandasi" nomi ostida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. 

Mazkur yig‘ilishda boshqarma boshlig‘i R.Hayitova, viloyat prokuraturasi mas’ul xodimi Gʻ.Hasanov, viloyat IIB mas’ul xodimi O.Xo‘janovlar ishtirok etib, yurtimizda qonun ustuvorligi, qilmishning ayanchli oqibatlari, buni oldini olish, tashviqot ishlari natijadorligini oshirish lozimligi borasida tushuntirishlar berildi.

Oylik doirasida hududlarda tadbirlar tashkil etilmoqda...

navoiy_mmtb@exat.uz
@mmtb
@navoiy_viloyat_mmtb
/MMTB