Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

“KASBIY RIVOJLANISH KUNI” YAKUNIGA BAGʻISHLANGAN ANJUMAN BO‘LIB O‘TDI

4-iyun 2025-yil
image

O‘zbekistonda baholash tizimi va o‘qituvchilarning kasbiy rivoji bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar doirasida tadbir bo‘lib o‘tdi.

“Kasbiy rivojlanish kuni”ga bag‘ishlangan anjumanda Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i birinchi o‘rinbosari J.Qalandarov, Pedagogik mahorat markazi direktori U.Mardanov, maktab rahbarlari, mentor-o‘qituvchilar, yosh mutaxassislar va faol o‘quvchilar ishtirok etdi.

Tadbir “O‘qituvchi rivojlansa — ta’lim taraqqiy etadi” shiori ostida o‘tkazildi.

Yakunda “Innovatsion pedagogika sari qadam” yo‘nalishida ilg‘or pedagoglar taqdirlandi.

Bu kabi tadbirlar o‘qituvchilarning malakasini oshirish, tajriba almashish va ta’lim sifatini yanada yaxshilashga xizmat qilmoqda.

Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati

navoiy_mmtb@exat.uz
@mmtb
@navoiy_viloyat_mmtb
/MMTB