Yangiliklar
TAJRIBA, HAMKORLIK, MULOQOT
9-iyun 2025-yil
Navoiy viloyati hokimligining 2025-yilga mo‘ljallangan chora-tadbirlari rejasiga muvofiq, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Chimboy tumani hamda Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi o‘rtasida ustoz va murabbiylar bilan onlayn tajriba almashuv loyihasi boshlab yuborildi.
Tadbirni viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari M.Qo‘shoqov ochib berdi va hamkorlik istiqbollari, amalga oshirilayotgan ishlar haqida, viloyat Pedagogik mahorat markazi direktor o‘rinbosari D.Safarov esa onlayn-muloqotning ahamiyati, ustozlar o‘rtasidagi tajriba almashuvi samaradorligi haqida so‘z yuritdi.
2025-yil 9–18 iyun kunlari davomida o‘tkaziladigan “Navoiy–Chimboy” master-klasslarining 1-onlayn muloqoti bugun Chimboy tumanining filologiya fan o‘qituvchilari ishtirokida bo‘lib o‘tdi
Tadbirda adabiyot va qoraqalpoq tili darslarida zamonaviy metodlar, o‘yin texnologiyalari, hamda ijodiy yondashuvlar bo‘yicha master-klasslar o‘tkazildi.