Yangiliklar
“Jasorat maktablari” — yoshlar tarbiyasida yangi bosqich!
10-iyun 2025-yil
Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni jismonan sog‘lom va ma’nan yetuk shaxslar sifatida shakllantirish, harbiy xizmatga tayyorlash hamda chaqiriqqacha boshlang‘ich tayyorgarlikni samarali yo‘lga qo‘yish maqsadida 2025/2026-o‘quv yilidan boshlab respublikaning har bir tuman va shaharlari miqyosida “Jasorat maktablari” tashkil etilmoqda.
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari F.Boqiyev viloyat hokimi o‘rinbosari J.Xodjayev, boshqarma boshlig‘i R.Hayitova hamda tegishli mas’ullar bilan birgalikda Navoiy shahridagi 1-umumiy o‘rta ta’lim maktabi negizida tashkil etilayotgan “Jasorat maktabi”ni tashkil etish jarayonlari bilan tanishishdi.
Loyiha doirasida amalga oshirilishi zarur bo‘lgan ishlar ko‘zdan kechirildi, mavjud imkoniyatlar o‘rganilib, tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha atroflicha fikr almashildi.
Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati