Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

"Dolzarb to‘qson kunlik" — Har bir xodimdan mas’uliyat va tashabbus talab etiladi!

10-iyun 2025-yil
image

Bugun Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasida boshqarma boshlig‘i Ra’no Hayitova rahbarligida mas’ullar ishtirokida navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

 Ma’lumki, joriy yil 15-may kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida maktab ta’limi tizimidagi islohotlar samaradorligini oshirishga qaratilgan vazifalar belgilab berildi. Bu jarayonda "Ta’lim, ijod, sport va sog‘lom turmush sari yo‘l" shiori asosida "Dolzarb 90 kunlik" tashabbusi hayotga tatbiq etildi.

Yig‘ilishda ushbu dastur doirasida ta’lim tashkilotlarida olib borilayotgan ishlar, amalga oshirilgan chora-tadbirlar va kelgusidagi vazifalar atroflicha muhokama qilindi.

Kun tartibidagi masala yuzasidan mas’ullarga bir qator topshiriq va ko‘rsatmalar belgilab berildi.

Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati

navoiy_mmtb@exat.uz
@mmtb
@navoiy_viloyat_mmtb
/MMTB