Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

TUMAN HOKIMI VA BITIRUVCHI YOSHLAR UCHRASHUVI 

20-iyun 2025-yil
image

Konimex tumani hokimligi majlislar zalida tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli umumta’lim maktablarining iqtidorli bitiruvchilariga oltin medallarni topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tuman hokimi Ruslan Ro‘ziyev tadbirda so‘z olib, mamlakatimizda barkamol avlodni shakllantirish, yoshlarni ma’naviy-axloqiy va jismonan sog‘lom etib tarbiyalash, ularni olib borilayotgan islohotlarning faol ishtirokchisiga aylantirishga qaratilgan keng ko‘lamli chora-tadbirlar izchil amalga oshirilayotganini e’tirof etdi.

Ma'lumot o'rnida, yakunlanayotgan 2024/2025-o‘quv yilida tumanda 307 nafar bitiruvchi maktabni tamomladi. Bitiruvchilarning 
13 nafari oltin medallar sohibi bo'lishdi.

Xorijiy tillarni o'qitish bo'yicha eng yaxshi maktab tanlovining tuman bosqichida16-maktab I o'rin va 100 mln. so‘m, 2-maktab  II o'rin va 75 mln. so‘m, 3-maktab III o‘rin va 50 mln. so'm pul mukofotlarini qo‘lga kiritdi.

Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati

navoiy_mmtb@exat.uz
@mmtb
@navoiy_viloyat_mmtb
/MMTB