Yangiliklar
“VATAN TAYANCHI HARAKATI” OTRYADI A’ZOLARIGA 5 FOIZLIK TAVSIYANOMALAR TOPSHIRILDI
23-iyun 2025-yil
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-mart kunidagi 150-son Qaroriga asosan, Navoiy viloyatidagi umumta’lim maktablarining 10-11-sinf o‘quvchilari orasidan 20 nafardan “Vatan tayanchi harakati” otryad a’zolari tayinlanadi.
Navoiy shahridagi 8-umumta’lim maktabida Navoiy viloyati mudofaa ishlari boshqarmasi, viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi, Navoiy garnizoni harbiy qism harbiy xizmatchilari bilan hamkorlikda tuman, shahar umumta’lim maktablarining 1 nafardan “Vatan tayanchi harakati” otryad a’zolariga o‘qishga kirish uchun 5 foizli tavsiyanomalar tantanali ravishda tarqatildi.
Vatan tayanchi otryad a’zolarining asosiy maqsadi, o‘sib kelayotgan yosh avlodni Vatan taqdiriga daxldorlik, ma’naviy-axloqiy, milliy va umuminsoniy qadriyatlar hamda qonunlarimizga nisbatan yuksak hurmat ruhida tarbiyalashdan iboratdir.
Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati