Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

Boshqarma boshlig‘i Ra’no Hayitovaning Yoshlar kuni munosabati bilan mamlakatimiz yoshlariga bayram tabrigi

30-iyun 2025-yil
image

Qadrli yoshlar!

Sizlarni bugungi bayram – 30-iyun Yoshlar kuni munosabati bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman!

Mamlakatimizda bugun siz kabi ilmga intiluvchan, kreativ fikrlaydigan, yuksak marralarni ko‘zlab qat’iyat bilan oldinga intilayotgan yoshlar safi kundan-kunga ortib borayotgani quvonarli hol!

Bugun biz faxr bilan ayta olamizki, bilimli yoshlarimizning xalqaro olimpiadalardagi munosib ishtiroki, maktab davridayoq nufuzli xalqaro oliygohlarga talaba bo‘layotgani, shuningdek, sport va san’at yo‘nalishlarida jahon arenalarida yurtimiz bayrog‘ini baland ko‘tarayotganini ko‘rib, qalbimiz faxr va quvonchga to‘ladi.

Sizning har bir yutug‘ingiz – Vatanimiz taraqqiyotiga qo‘shayotgan munosib hissangizdir.

Sizlarni yana bir bor bugungi bayram bilan muborakbod etar ekanman, har biringizga ulkan zafarlar, yorqin g‘alabalar va oldingizga qo‘ygan ezgu maqsadlaringizga yetish yo‘lida omad tilayman.

Ra’no Hayitova,
Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i

navoiy_mmtb@exat.uz
@mmtb
@navoiy_viloyat_mmtb
/MMTB