Yangiliklar
NUROTA TUMANIDA MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASASI UCHUN YANGI BINO FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI
30-iyun 2025-yil
Nurota tumani "Eshon Sudur" mahallasida joylashgan 7-son davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti qayta rekonstruksiya qilinib, 90 o‘rinli yangi qo‘shimcha binoning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tantanali tadbirda Nurota tumani hokimi A. Fayziyev, mahalla faollari, nuroniylar va yoshlar ishtirok etib, muassasaning yangi binosiga bag‘ishlangan ramziy lenta kesildi.
Ushbu loyiha “Investisiya dasturi” asosida 2,9 mlrd. so‘m mablag‘ evaziga zamonaviy, barcha qulayliklarga ega bo‘lgan yangi binoning qurilish ishlari “Ashraf” xususiy korxonasi tomonidan amalga oshirildi.
Muassasa zamonaviy va boshqa zarur muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmalari to‘liq joriy etilgan bo‘lib, farzandlarimiz uchun yanada qulay va xavfsiz tarbiya muhitini yaratishga xizmat qiladi.
Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati