Yangiliklar
Tajriba almashish – yuksalish sari muhim qadam
30-iyun 2025-yil
Bugun Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Ra’no Hayitova tashabbusi bilan tajriba almashishga qaratilgan muhim uchrashuv tashkil etildi. Mazkur tadbir doirasida Navoiy shahridagi 24-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida (DMTT) erishilgan yutuqlar va ilg‘or tajribalar boshqa DMTTlarda ham joriy etilishi maqsad qilingan.
Shu munosabat bilan shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli barcha DMTT rahbarlari hamda tegishli mas’ullar bir joyga jamlandi. Uchrashuv davomida boshqarma boshlig‘i tajriba almashish jarayonida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan muhim yo‘nalishlar, samarali ish uslublari hamda pedagogik yondashuvlar yuzasidan batafsil tushuncha va ko‘rsatmalar berdi.
Bunday tadbirlar, shubhasiz, maktabgacha ta’lim tizimida sifatli o‘zgarishlarga zamin yaratadi.
Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati