Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

Navbahorlik 52 nafar bitiruvchiga oltin va kumush medallar topshirildi!

30-iyun 2025-yil
image

“Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida o‘tkazilgan gala-konsert davomida 2024–2025 o‘quv yilida a’lo baholar bilan bitirgan 44 nafar oltin, 8 nafar kumush medal sohibi tantanali ravishda taqdirlandi.

Medallarni viloyat hokimi o‘rinbosari Jamshid Xodjayev, viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Ra’no Hayitova, tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Murod Jumaboyev va boshqa mas’ullar topshirdi.

Navbahor tumanida bu yil 1477 nafar bitiruvchi, shundan 252 nafari xalqaro va milliy sertifikatlarga ega bo‘ldi, 20 nafardan ortig‘i esa muddatidan oldin OTM talabasi maqomiga sazovor bo‘ldi.

Barcha bitiruvchilarimizni tabriklaymiz! Kelajagingiz porloq bo‘lsin!

Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati

navoiy_mmtb@exat.uz
@mmtb
@navoiy_viloyat_mmtb
/MMTB