Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

NAVOIYLIK YOSHLAR XALQARO TANLOVDA SOVRINDOR!

18-iyul 2025-yil
image

Joriy yil 16–18-iyul kunlari Tojikiston Respublikasi So‘g‘d viloyatining Guliston shahrida MDH davlatlari o'rtasida “Yosh inspektorlar” davlatlararo ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu nufuzli xalqaro musobaqada ishtirok etgan Navoiy shahrining 1-umumiy o‘rta ta’lim maktabi "O‘zbekiston yulduzlari" jamoasi yurtimiz sharafini munosib himoya qilib, faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi!

Bu yutuq – yoshlarning bilimga, mas'uliyatga va jamoaviy ishlashga bo‘lgan intilishi, ustoz va murabbiylarning esa mashaqqatli mehnatlari samarasidir.

G‘olib jamoani, ularning fidoyi ustoz va murabbiylarini chin qalbdan tabriklaymiz!

Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati

navoiy_mmtb@exat.uz
@mmtb
@navoiy_viloyat_mmtb
/MMTB