Yangiliklar
VILOYAT HOKIMINING TUHFASI TA’LIM MUASSASASIGA YETKAZILDI
19-iyul 2025-yil
Iyul oyi boshida Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunovning Karmana tumaniga amalga oshirgan tashrifi davomida, "Do‘stlik" massivida joylashgan 32-umumiy o‘rta ta’lim maktabi faoliyati bilan yaqindan tanishildi.
Tashrif chog‘ida maktabda amalga oshirilgan ishlarni ijobiy baholagan viloyat hokimi, ta’lim maskanining kutubxonasi anchayin "kambag‘al" ekanligini ko‘rib, muassasa mas’ullari hamda kitobxon o‘quvchilar bilan suhbat davomida quyidagicha tashabbusni ilgari surdi:
“Bu maktab kutubxonasiga 500 dona kitob – minnatdorlik sovg‘asi bo‘lsin!”
Bugun ushbu ezgu niyat amalda ro‘yobga chiqdi – 500 dona badiiy kitoblar jamlanmasi maktab kutubxonasi tokchalaridan o‘rin oldi va o‘z kitobxonlarini chorlamoqda
Bu sovg‘a – o‘quvchilarning bilim olishi, tafakkurini boyitishi va mutolaaga bo‘lgan mehrini kuchaytirishga xizmat qiladi.
Viloyat hokimiga ko‘rsatilgan e’tibor uchun ta’lim jamoasi nomidan samimiy minnatdorlik bildiramiz!
Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati